Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida bolalarga qaratilgan murojaat birliklari lingvokulturologik nuqtayi nazardan o‘rganilib, ular tarkibida aksiologik modallikning ifodalanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kattalar tomonidan bolalarga qaratilgan murojaat shakllarining semantik, pragmatik va madaniy xususiyatlari aniqlanib, ularning emotsional qiymati, madaniy ma’nosi va baholovchi xususiyatlari qiyosiy jihatdan ochib beriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi murojaat birliklari individuallik, ijobiy rag‘bat va emotsional neytrallikni aks ettirsa, o‘zbek tilidagi shakllar kuchli emotsional ekspressivlik, ota-ona avtoriteti va madaniy-tarbiyaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan. Olingan natijalar bolaga munosabat va ijtimoiy qadriyatlarning til birliklarida qanday aks etishini ochib beradi.
References
1. Abdurahmonov, G‘. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2006.
2. Asqarova, M. Tilshunoslikka kirish. — Toshkent: O‘qituvchi, 2007.
3. Bo‘riyev, N. O‘zbek tilining pragmatikasi. — Toshkent: Fan, 2012.
4. G‘ulomov, A. va boshq. Nutq madaniyati asoslari. — Toshkent: Fan, 2015.
5. Jo‘rayev, M. Til va madaniyat munosabati. — Toshkent: Muharrir, 2019.
6. Karimova, D. O‘zbek tilida murojaat shakllari va ularning lingvopragmatik xususiyatlari. — Toshkent: Fan, 2016.
7. Madrahimova, S. Leksik birliklarning aksiologik semantikasi. — Toshkent: Turon-Iqbol, 2018.
8. Mahmudov, N. O‘zbek tili madaniyati. — Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
9. Norqulov, A. Nutq madaniyati va pragmatika. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
10. Rasulov, R. Til birliklarining emotsional-pragmatik xususiyatlari. — Buxoro: BuxDU, 2021.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.