FRANSUZ VA INGLIZ TILLARIDA QO‘RQUV VA G‘AZABNI IFODALOVCHI LEKSIK BIRLIKLARNING QO’LLANILISHI
PDF

Keywords

qo‘rquv, g‘azab, emotsional leksika, leksik birliklar, semantik maydon, pragmatika, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, ekspressivlik, intensivlik darajasi,

How to Cite

Javohir, N., & Asila , S. (2026). FRANSUZ VA INGLIZ TILLARIDA QO‘RQUV VA G‘AZABNI IFODALOVCHI LEKSIK BIRLIKLARNING QO’LLANILISHI. Advances in Science and Humanities, 2(08), 24-28. https://doi.org/10.70728/human.v02.i08.006

Abstract

Mazkur maqolada fransuz va ingliz tillarida qo‘rquv va g‘azabni ifodalovchi leksik birliklarning semantik, pragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Ishda ushbu emotsional holatlarni ifodalovchi so‘z va iboralarning nafaqat lug‘aviy ma’nosi, balki ularning nutq jarayonida qanday kontekstual rang-baranglik kasb etishi ham o‘rganiladi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, qo‘rquv va g‘azab kabi universal insoniy hissiyotlar har ikkala tilda umumiy semantik maydonga ega bo‘lsa-da, ularning ifodalanish usullari ko‘pincha madaniy kodlar, ijtimoiy me’yorlar va tarixiy tajribaga bog‘liq holda shakllanadi.

Shuningdek, maqolada emotsional leksikaning intensivlik darajasi, stilistik bo‘yoqdorligi va kommunikativ vazifasi alohida e’tiborga olinadi. Ingliz tilida qisqa va dinamik ifodalar orqali hissiy holatni tez va aniq yetkazish tendensiyasi kuzatilsa, fransuz tilida emotsional holatlarni ifodalashda ekspressivlik va estetik ifoda vositalariga ko‘proq urg‘u berilishi aniqlanadi. Bundan tashqari, ayrim leksik birliklarning bevosita tarjima qilinmasligi, balki ma’no jihatidan yaqin variantlar orqali ifodalanishi ularning konseptual farqlarini ochib beradi.

PDF

References

1. Kövecses, Z. (2000). Metaphor and Emotion: Language, Culture, and Body in Human Feeling. Cambridge University Press.

2. Bushuy T.A., Safarov Sh.S. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi.

3. Toshkent.: “Fan” nashryoti, 2007. – B. 278.

4. Moon, R. (1998). Fixed Expressions and Idioms in English: A Corpus-Based Approach. Oxford University Press.

5. Cruse, D. A. (1986). Lexical Semantics. Cambridge University Press.

6. Leech, G. (1981). Semantics: The Study of Meaning. Penguin Books.

7. Rey, A., & Chantreau, S. (2007). Dictionnaire des expressions et locutions. Paris: Le Robert.

8. Rahmatullaev, Sh. (1969). O‘zbek tili frazeologiyasi. Toshkent: Fan.

9. Nurullayev, J. Fransuz tilidagi emotsional fe’llar va ularning badiiy-funksional xususiyatlari. Toshkent: Turon Universiteti, 2025.

10. Mahmudov, N. (2004). Til va tafakkur. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

11. Hojiyev, A. (1985). Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.