Abstract
Ushbu maqolada Nodim Namangoniy she’riyatida davr muammolarining aks etishi baytma-bayt tahlil qilinadi. Shoirning g‘azallarida nafaqat shaxsiy kechinmalar, sevgi va sog‘inch motivlari, balki g‘urbat, moddiy ehtiyoj, sovuq va qish shiddati kabi ijtimoiy va tabiiy qiyinchiliklar poetik vositalar orqali ifodalanadi. Maqolada baytma-bayt adabiyotshunoslik va poetik tahlil metodlari qo‘llanib, har bir motivning shaxsiy va umumiy tushunchalar bilan bog‘liqligi ochib berildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Nodim ijodida shaxsiy iztiroblar va davr muammolari uyg‘unlashib, inson ruhiyatining murakkab qatlamlarini ochib beradi. Shu bilan birga, she’riyatdagi ehtiyoj, g‘urbat va tabiiy qiyinchiliklar motivlari ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muammolarni poetik talqin qilishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqola Nodim she’riyatining davr ruhiyatini anglash va uni ilmiy tahlil qilishda noyob manba ekanligini tasdiqlaydi.
References
Нодим . Танланган шеьрлар / Нашрга тайёрловчилар: Турсунов А., Халилбеков А. – Тошкент: Ўздавнашр, 1964. – 88 б.
Халилбеков А. Нодим Намангонийнинг хаёти ва ижоди: Филол. фан. номз. ..дисс. – Тошкент, 1967.– 250б.
Болтабаева О. XX аср бошларида Наманганда адабий ҳаракатчилик: намояндалари, анъаналари, янгиланиши: Филол. фан. номз. ..дисс. – Тошкент, 2019.– 139 б.
Қайюмий П. Тазкираи Қайюмий. Уч жилдлик. Жилд II. – Тошкент: ЎзР ФА ШИ Қўлёзмалар институти таҳририй нашриёт бўлими, 1998. – Б, 335-337.
Намангоний А.М. Соқийнома. – Тошкент, 2019.– 126 б.
Каримов Ғ.К. Ўзбек адабиёти тарихи. 3-китоб. – Т.: Ўқитувчи, 1967. – 483 б.
Ўзбек адабиёти. 5 томлик, 5-том. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968. 5-том. – 351 б.
Hamroyeva, O. J. (2022). CLASSIFICATION OF FINE ARTS IN" HADOYIQ US-SIKHR". Scientific reports of Bukhara State University, 2022(1), 47-56.
Hamroyeva, O. (2023). Qofiya harflarining nazariy asoslari tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 2(2).
HAMROYEVA, O. (2024). " NAVOIYNING FORSIY SHOIRLIGʻI..." XUSUSIDA. Alisher Navo'i and 21 st century, 1(1).

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Sarvinoz Qurbonova